Меню

Қашқадарё

29.12.2016 1633

YURAK TORLARINI CHERTOLGAN SHOIR

 

Unda institut o‘qituvchi-professorlari hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda shoir hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari shoir bilan bog‘liq xotiralarini o‘rtoqlashdilar. 

Erkin Vohidov – el suygan, xalqning dilidagi gaplarni she’rga tiza bilgan nuktadon ijodkor edi. Bir she’rida u:

El ustozim, men esam – tolib!

So‘z durlarin termoqdir ishim.

Odamlarning o‘zidan olib,

Odamlarga bermoqdir ishim, deya yozgan edi.

- Darhaqiqat, shoir ijodi el dardi-quvonchini kuylashga bag‘ishlangani, sira eskirmas tuyg‘ular, insoniy kechinmalarni o‘zida ifodalagani bilan el ko‘nglidan joy oldi, - deydi institut o‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchisi  Yulduz Rahmonova. - U chin ma’noda so‘z san’atkori, yurak torlarini chertolgan shoir edi. Erkin Vohidov she’riyati hamisha o‘rganishga, o‘qishga arziydigan katta ijodiy maktab bo‘lib qoladi.

Tadbir davomida talabalar shoir she’rlaridan namunalar o‘qishdi. Erkin Vohidov qalamiga mansub dramatik asarlar asosida yaratilgan sahna asarlaridan parchalar ijro etildi.

Odiljon BEGIMOV,

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti     

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!