Меню

Қашқадарё

20.08.2016 1318

YUKSAKLIKKA UNDOVCHI ASARLAR

Ta’kidlanganidek, ushbu asarlarda Yurtboshimizning shu yil 30-iyun-1-iyul kunlari  Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga tashrifi chog‘ida mamlakatimiz taraqqiyotini jadallashtirish, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, obodlik va farovonlikni yanada mustahkamlash, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni chuqurlashitirish,   bunyodkorlik ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalalarida bildirgan fikrlari batafsil keltirilgan.

- Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgan kabi keyingi yillarda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi, - deydi O‘zLiDeP Qarshi tuman kengashi raisi o‘rinbosari Tohir Qurbonov. – Mustabid tuzum davrida asosan paxta xomashyosi yetishtirish bilan cheklangan bu vohalarda bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgani, fermerlik harakati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanib, qishloq hamda shaharlar qiyofasi tubdan o‘zgarayotgani, odamlarning turmush darajasi yuksalib, daxldorlik hissi    ortib borayotgani Prezidentimizning ushbu ikki asarida ham batafsil ifodasini topgan. Ayniqsa, Prezidentimizning “Qashqadaryo ahli bilan yagona bir oiladek bo‘lib yashagan yillarimizni men hayotimning eng mazmunli, fayzli damlari deb bilaman. Buni o‘zim uchun katta baxt, katta sharaf deb hisoblayman va o‘ylaymanki, bunday taqdir hammaga ham nasib etmaydi”, deya  aytgan so‘zlari har bir qashqadaryolikda g‘urur uyg‘otadi, bizni yangi marralar sari ruhlantiradi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar aytib o‘tganidek, Prezidentimiz Islom  Karimovning mazkur kitoblari mutolaasi davomida kishi istiqlol yillarida mamlakatimiz qanday og‘ir va murakkab, shu bilan birga sharafli yo‘lni bosib o‘tgani, mustaqillik har bir yurtdoshimiz hayotida buyuk o‘zgarishlarga asos va zamin bo‘layotganini chuqur anglaydi.

QAROR IJROSI JAMOATCHILIK E’TIBORIDA

Davlatimiz rahbarining 2010-yil 5-maydagi “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2011-2015-yillarda viloyatimizda foydalanishga topshirilgan sport inshootlariga 7 milliard 235 million so‘mlik sport anjomlari keltirilib, belgilangan talablar asosida jihozlandi.

2016-yilgi dasturga asosan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan viloyatimizda jami 30 ta inshoot - 26 ta maktab sport zali, 2 ta bolalar musiqa va sport maktabi (1 ta yangi qurilish, 1 ta kapital rekonstruksiya), 2 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi uchun suzish havzasi (1 ta yangi qurilish, 1 ta kapital rekonstruksiya) qurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu inshootlar mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida aytib o‘tildi. Tadbirda mutasaddilarning hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar, ishlab chiqilgan dasturlar ijrosining viloyatimizda ta’minlanishi to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

MULKDOR OILALAR KO‘PAYMOQDA

Mirishkor tumanilik Jahonshoh Qodirov tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida. U o‘zi uchun tanish soha – parrandachilikni yo‘lga qo‘ymoqchi. Ishbilarmon 3 ming tovuq boqib, aholiga parhez go‘sht yetkazib berishni mo‘ljallayapti. U asosan faoliyati ortidan oila a’zolarini ish bilan band etishni maqsad qilgan. Ammo bo‘lajak tadbirkorda buning uchun mablag‘ yetarli emas.

Jahonshoh Qodirov o‘z maqsadiga hamohang biznes-rejasi bilan O‘zLiDeP viloyat kengashi “Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi tomonidan ilgari surilgan “Mulkdor oila” loyihasida ishtirok etdi. Uning tashabbusi ma’qullanib, tijorat bankidan 50 million so‘m miqdorida kredit olishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, oilaviy tadbirkorlikning afzalliklarini aholining keng qatlamlariga yetkazish, sohaga tatbiq etish mumkin bo‘lgan ilg‘or tajriba va innovatsiyalarni ommalashtirish, aholining oilaviy korxonani tashkil etish, yuritish, bu borada belgilangan imtiyoz va preferensiyalardan samarali foydalanishga doir bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, shu orqali bandlikni ta’minlash va turmush farovonligiga erishish maqsadida 2012-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Mulkdor oila” loyihasining bu galgi viloyat bosqichida Qarshi shahri va tumanlardan 80 nafardan ortiq kishi qatnashdi. Tadbir Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat fermerlar kengashi hamkorligida tashkil etildi.

- Shu vaqtga qadar mazkur loyiha doirasida jami qiymati 1 milliard 467 million so‘mga baholangan ko‘plab biznes-rejalar hamkor    tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilishida yordam ko‘rsatdik, - deydi O‘zLiDeP viloyat kengashi bo‘limi mudiri Aziz Pirnazarov.   - Natijada tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarishni tashkil etish, xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilishiga zamin hozirlandi.  Bu gal o‘zini oqlaydigan 30 ga yaqin biznes-reja muallifini g‘olib deb topdik.

Tadbir so‘nggida g‘olib ishtirokchilarga O‘zLiDeP viloyat kengashi va hamkor tijorat banklarining maxsus sertifikatlari topshirildi.

M.JO‘RAYEV

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!