Меню

Қашқадарё

07.05.2016 1143

YUKSAK E’TIBORDAN MAMNUN DILLAR

Otaning suronli yillar haqidagi hikoyasini tinglab turgan kattayu kichikning tilidan bugungi dorilomon kunlar shukronasi yangraydi.

Ana viloyat hokimligi, turli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari urush faxriysini Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklagani kelishdi. Otaxonga Prezident farmoniga asosan 800 ming so‘m bir martalik pul mukofoti, kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasining 400 ming so‘m moddiy yordam mablag‘ini va sovg‘alar topshirishdi. Alohida qutilarda zarur dori-darmonlar ham olib kelishibdi.

- Biz, urush faxriylari xalqimizning, Prezidentimizning g‘amxo‘rligini doimo his etib turibmiz, - deydi Xo‘jaqul Jo‘rayev. - Ming shukur! Hayotimiz tinch-farovon.

Shu kunlarda har bir urush faxriysining uyida bayram. Ular yo‘qlab kelayotganlarni mamnuniyat bilan qarshi olayotir. Nishonlik urush faxriylari Do‘stmurod Nazarov, Orol Qanoatov, Hamroqul O‘rinov, Nomoz Qurbonov, Ro‘zi Soatov, Sanaqul Normurodov ham o‘zlariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va e’zozdan mamnun, tillarida shukrona.

- Shu kunlarga yetkazganiga shukur, davlatimiz, elimizning ardog‘ida hayot kechirmoqdamiz, - deydi Chiroqchi tumanilik Jo‘ra bobo Yodgorov. - Har kuni uyimizdan odam arimaydi, hol-ahvol so‘rab turishibdi.

Bugun viloyatimizning barcha joylarida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirlar o‘zgacha ishtiyoq, yuksak uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Bu mamlakatimizda inson sha’ni, qadr-qimmati qanchalik ulug‘ligi, xotirasi muqaddasligining yana bir yorqin ifodasidir.

Shohista BOZOROVA

Suratda: Qarshi shahrilik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ivan Xaritonovich Bex yoshlar davrasida.

Sobir NARZIYEV olgan surat

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!