Меню
Қашқадарё
VAKILLARIMIZ TRIOSI
Unda respublikamizdagi madaniyat va san’at kollejlari hamda musiqa yo‘nalishidagi akademik litseylarda tahsil olayotgan iqtidorli yosh ijrochilar o‘zaro bellashishdi. Quvonarlisi shundaki, yosh ijrochilarimizning chiqishlari ko‘rik-tanlovning bir emas, uchta nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.
- Kollejimizning iste’dodli o‘quvchilaridan iborat tarkib tanlovda “Eng yaxshi xor jamoasi” deb topildi, - deydi guruh badiiy rahbari Behzod Qudratov. - Yosh ijrochilarimiz sahnada Mutal Burhonov bastalagan “Bahor qo‘shig‘i”, “Do‘ppi tikdim”, “Maftuningman” kabi musiqiy asarlarni o‘zgacha ishtiyoq bilan ijro etishdi. Bu esa nufuzli hakamlar hay’atining e’tiborini qozondi.
Shuningdek, ko‘rik-tanlovda jamoa yakkaxoni SHehruza Omonova “Eng yaxshi vokal va xor ijrochisi” yo‘nalishida tengsiz deb topilgan bo‘lsa, jo‘rovoz Dilfuza Takaboyeva “Eng yaxshi cholg‘u asarlari ijrochisi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Dilfuza JUMAYEVA
Suratda: jamoa badiiy rahbari Bekzod Qudratov jamoa a’zolari bilan.
M.KOMILOV olgan surat.