Меню

Қашқадарё

17.09.2016 3468

TUGMACHAGUL

Gulidan tayyorlangan nastoyka yo‘talda, yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishida foyda beradi.  Shuningdek, ovoz bo‘g‘ilishini bartaraf etadi. Tugmachagulning barg va ildizi ham foydali xususiyatlarga ega. Bargi va gullaridan tayyorlangan aralashma taloqdagi shishlarni davolashda tavsiya etiladi.

TOG‘JAMBIL

Tog‘jambil – ko‘p yillik yarimbuta o‘simligi bo‘lib, bo‘yi 30-40 santimetrni tashkil etadi. Poyasi tik va sershox. Yaproqlari mayda, gullari oq rangda.

O‘simlik tarkibida 1-2 foiz efir moylari mavjud. Undagi timol moddasi tibbiyotda antiseptik va dezinfeksiyalovchi modda sifatida mashhur. Tog‘jambilning suyuq ekstrakti bronxit va yuqori nafas yo‘llarining boshqa xastaliklarida faol qo‘llanadi. Yo‘talni yumshatuvchi va balg‘am ko‘chiruvchi xususiyatga ega. Isitmani tushiruvchi, peshob haydovchi, tinchlantiruvchi vosita hisoblanadi.

Tog‘jambildan oshqozon-ichak xastaliklari, atoniya, meteorizmni davolashda ham foydalaniladi. Uni doimiy iste’molga kiritish ovqat hazmini yaxshilash, ichak mikroflorasini tiklashda qo‘l keladi. Shuningdek, tog‘jambil qo‘shilgan surtmalar teri kasalliklarini davolashda qo‘llanib, bodga qarshi eng yaxshi shifo vositasi sifatida tan olingan. Bu giyoh solingan yostiqda uxlash orqali bosh og‘rig‘idan tezda xalos bo‘lish mumkin.

Tog‘jambil kuchli yoqimli isga ega, o‘tkir va achchiq ta’mi bor, shuning uchun uning barglari ziravor o‘rnida ishlatiladi.

Manbalar asosida XURSHIDA tayyorladi.

 

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!