Меню

Қашқадарё

08.09.2016 2979

TOZALIK, OZODALIK – SALOMATLIK GAROVI

Aksiya doirasida o‘tkazilgan “Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” nomli tadbirlar davomida endigina maktab ostonasidan hatlagan bolajonlarga shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzi haqida tushunchalar berildi. Atrof-muhit, jamoat joylari, maktab, sinfxonalarini toza-ozoda tutishning afzalliklari, turli yuqumli kasalliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkazildi.

- Tadbirlar maktablarda 1-akademik soat sifatida, darslardan tashqari vaqtlarda tashkil etildi, - deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi vakili Bahrom Sattorov. – Bolajonlar bilan muloqotlarda interfaol usullardan mohirona foydalanilgani uning samaradorligini oshirdi. Ko‘rgazmali vositalar, maxsus film va multfilmlar namoyishi tushuntirish ishlari yanada ta’sirliroq chiqishini ta’minladi.

Sohiba SUYUNOVA

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!