Меню
Қашқадарё
TERRORIZM — BASHARIYAT DUSHMANI
Unda keng jamoatchilik vakillari, kollej o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.
Ma’lumki, terrorizm yuksak ma’naviy tamoyillarga zid ravishda yovuz maqsadlar yo‘lida kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o‘ldirish, ijtimoiy obyektlarni portlatish, xalqni qo‘rquv va vahimaga solishga asoslangan zo‘ravonlik usulidir. Terrorizm qanday niqob ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan insoniyatga, taraqqiyotga va ezgulikka qarshi jinoyatdir. Terrorizmga qarshi kurash hozirgi davrda muhim vazifa, tinchlik va barqarorlikni saqlash yechimiga aylandi.
Tadbirda shular xususida so‘z yuritilib, Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullangan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun asosida terrorizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari samaradorligini oshirish, terrorchilikka oid jinoyatlarning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, "Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida"gi va "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunlarga kiritilgan tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan tushunchalar berildi.
Qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi. Mavzuga oid videofilm namoyishi barchada katta taassurot qoldirdi.
Muzaffar TUROPOV