Меню

Қашқадарё

27.05.2017 1544

TALABALAR TEATR STUDIYALARI FESTIVALI

Bu Mullato‘ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazilgan talabalar teatr studiyalari festivalining hududiy bosqichida ham yaqqol namoyon bo‘ldi.

Festivalda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Nihol” studiyasi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari asosida sahnalashtirilgan “Manqurt”, Termiz davlat universitetining “Chashma” talabalar studiyasi Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmu?”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining “Al-Xorazmiy” jamoasi “Ko‘k kit” spektakllari bilan ishtirok etishdi.

- E’tirof etish kerak, talabalar professional darajaga ega bo‘lmasa-da, o‘z ustida ishlashga, ijroni his qilishga harakat qilishgan, - deydi Mullato‘ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatri rejissori Akbar Berdiyev. – Eng muhimi, bugungi jarayonlar, jamiyatda uchraydigan turli illatlar ularning nazaridan chetda emas. Yoshlar yon-atrofdagi voqea-hodisalarga teran nigoh bilan qarashga intilayotgani quvonarli.

Sahna asarlarini tajribali aktyor va aktrisalar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi. Ularning yakdil fikriga ko‘ra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Nihol” talabalar studiyasi ijrosi 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

G‘olib jamoa va faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

N.XO‘JAYEV

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!