Меню
Қашқадарё
SENATOR VA DEPUTATLAR
Unda mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq fuqarolar bilan doimiy ochiq muloqot qilishning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga muhim topshiriqlarni berdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yo‘ldoshev va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri N.Ismoilovga 2017-yilning 25-yanvaridan boshlab joylarga borib, ishlarning holatini shaxsan o‘rganish asosida aholining muhim ehtiyojlarini hal etish, amaliy yordam berish tavsiya etildi.
Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruhlari tuzilib, joylarga yuborilmoqda.
Xususan, joriy yilning 1-fevralidan boshlab 17 kishidan iborat guruh 10 kun davomida Chiroqchi tumanida bo‘ladi va xalq bilan muloqot qiladi. Aholini qiynayotgan muammolar, hududda yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha o‘z xulosalarini beradi.
Demak, ushbu bo‘ladigan muloqot natijalari kelgusida hududni jadal rivojlantirish uchun belgilangan muhim yo‘nalishlarni mukammallashtirish uchun ham asqatadi.
B.O‘KTAM