Меню
Қашқадарё
SALOMATLIK - BIRLAMCHI ISTAK
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zMTDP fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, partiya faollari, prokuratura organlari xodimlari, viloyatdagi sog‘liqni saqlash va tibbiyot muassasalari mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ularning samaralari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi muassasalarda ham o‘z aksini topmoqda. Jumladan, viloyatdagi 256 ta qishloq vrachlik punktidan 101 tasi qisqartirilib, qolgan 155 ta qishloq vrachlik punkti faoliyati maqbullashtirildi. Ularning 83 tasi o‘z faoliyatini davom ettirayotgan bo‘lsa, 72 tasi negizida oilaviy poliklinika tashkil etildi. Bu poliklinikalar chekka hududlar aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Shuningdek, qator tibbiyot muassasalari to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy tashxis va davolash apparatlari bilan ta’minlandi. Bir qancha muassasalarga poytaxtning tajribali mutaxassislari rahbar etib tayinlandi. Bu ishlardan ko‘zlangan maqsad, albatta, viloyatda tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini takomillashtirishdir.
- Joriy yilning o‘tgan vaqti davomida Chiroqchi, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi, Dehqonobod va Qarshi tumanlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, mavjud ahvolni tahlil etdik, - deydi Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi O‘zMTDP fraksiyasi a’zosi Dilfuza Jalilova. - O‘tgan yillar davomida hududlardagi ko‘plab tibbiyot muassasalari yangidan qurilgani, eskilari ta’mirlangani, zamonaviy tibbiy apparatlarga ega bo‘lgani, bir so‘z bilan aytganda, sohada ko‘plab ijobiy yutuqlar qo‘lga kiritilayotganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birgalikda, ayrim muammolar ham yo‘q emas. Agar o‘sha joyda ishlayotgan mutaxassislar zimmasidagi mas’uliyatni to‘g‘ri anglab, o‘z ustida doimo ishlashsa, halollik, fidoyilik bilan mehnat qilishsa, bu muammolarga o‘z-o‘zidan yechim topiladi.
Seminarda prokuratura xodimlari tomonidan tizimda korrupsiya, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi jirkanch illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bunday holatlarga qonuniy jazo muqarrarligi, nopok ishlar oqibati qanday yakun topishi mumkinligi misollar yordamida tushuntirildi.
Seminar yakuni qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.
Tuyg‘un DO‘STQOBILOV,
O‘zMTDP viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasi devoni rahbari