Меню

Қашқадарё

28.06.2016 1639

MUMTOZ NAVOLAR

Milliy mumtoz musiqa san’atining yirik vakillari - Orifxon Hotamov, Eson Lutfullayev va Tojiddin Murodovning o‘ziga xos ijro va ijodiy uslubi, ulug‘ san’atkorlarning boy ma’naviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish, ayni shu yo‘nalishda ijod qilayotgan iste’dodli yoshlarni aniqlash, yangi ovozlarni kashf etish va ularni  qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovning viloyat bosqichida 20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 30 nafardan ortiq ishtirokchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Ularning chiqishlarini baholashda ovozni ishlatish mahorati, sahnada o‘zini tutishi, tanlangan musiqa va liboslar hamohangligi alohida e’tiborga olindi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Dilshoda Nosirova, Maqsud Yorqulov, Shahruz Azizov, Ixtiyor Jumanov, Xoldor Yomg‘irov turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Hulkar JUMAYEVA,

viloyat xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi katta ilmiy xodimi. 

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!