Меню
Қашқадарё
MODERNIZATSIYA - SAMARADORLIK OMILI
Ushbu mahsulotlarning katta qismi tashqi bozorga chiqarilganini alohida qayd etish lozim. Bu yurtimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hisobiga raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasidir.
Bundan uch yil avval Kitob tumanidagi "Kitob ip-yigiruv" aksiyadorlik jamiyatida ham ana shunday ulkan o‘zgarishga qo‘l urilgandi. Aniqrog‘i, istiqbolli loyiha asosida jamiyat qoshidagi tikuvchilik sexi texnik va texnologik jihatdan qayta yangilanib, zamonaviy dastgohlar bilan jihozlandi. Natijada bu yerda ishlab chiqarilayotgan tikuvchilik mahsulotlari xilma-xilligi oshdi, ularning sifat ko‘rsatkichlari sezilarli yaxshilandi. Bugun ushbu sexda bir necha turdagi trikotaj buyumlari, bolalar kiyim-kechaklari, maxsus ish kiyimlari tayyorlanmoqda. Ayni vaqtda mazkur sexda 50 nafardan ziyod xotin-qiz mehnat qilayapti. Ularning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi.
M.JO‘RAYEV
Suratlarda: sex bosh nazoratchisi Zuhra To‘rayeva bichuvchi Azizbek Meyliyev bilan; sex ishchisi Gulzoda Bozorova.
Sobir NARZIYEV olgan suratlar.