Меню
Қашқадарё
MARDLIKNING MUNOSIB E’TIROFI
Qarshi shahridagi Komilon mahallasida umrguzaronlik qilayotgan Ahmad bobo Jalilov xonadonida bo‘lgan viloyat hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari va yoshlar otaxonni yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi. Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev Prezidentimiz tabrigini o‘qib eshittirdi. Faxriyga pul mukofoti, sovg‘a-salomlar topshirildi. Ayni paytda otaxon imtiyozli sertifikat asosida "GM Uzbekistan" qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan zamonaviy "Spark" avtomobilining ham sohibiga aylangan.
- Mamlakatimiz rivojlanib, tinchlik-totuvlik ta’minlanayotgani, yoshu keksaga birdek g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, tinch-farovon yashash uchun barcha sharoit yaratilayotgani yoshimizga yosh qo‘shmoqda, - deydi Ahmad bobo Jalilov. - Ayniqsa, bu yil davlatimiz rahbarining shaxsan o‘zi bayram bilan muborakbod etgani bizni g‘oyat quvontirdi. Bayram tabrigida aytilgan "Butun insoniyat taqdiri xavf ostida qolgan suronli bir davrda tinch-osoyishta hayot, musaffo osmon, farzandlarimizning yorug‘ kelajagi uchun jasorat va matonat ko‘rsatganingiz, tinch mehnat yillarida shu yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilganingiz barchamiz, ayniqsa yoshlarimiz uchun haqiqiy ibrat maktabidir" degan so‘zlar munosib e’tirof sifatida qalbimizdan chuqur joy oldi.
Sobir NARZIYEV olgan suratlar.