Меню

Қашқадарё

14.10.2017 1236

KITOB - MEN VA SEN BILAN

- Mazkur aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda mutolaa madaniyatini oshirishdir, - deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi faoli Doston Hamidov. - Shu bilan birga, kitobning eng yaxshi do‘st, bebaho murabbiy ekanligini ulug‘ ajdodlarimiz, jahonga mashhur insonlar hayoti misolida tushuntirishga harakat qildik.

Tadbirda kitobxonlar o‘zlari mutolaa qilgan badiiy asarlar, ularning mualliflari haqida so‘zlab berishdi. Asarlar tahlili, ulardagi qahramonlarning ichki kechinmalarini o‘z qarashlari orqali ifodalab, kitobdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.

-  Yaqinda chet el adabiyotining eng mashhur namoyandalaridan O'Genrining "Ishbilarmon kishilar" asarini katta qiziqish bilan o‘qib chiqdim, - deydi Qarshi madaniyat va turizm kolleji o‘quvchisi Parizoda Ibodullayeva. - Asar menda qizg‘in taassurot qoldirgani sababli tadbirda tengdoshlarimga ham shu kitobni o‘qib chiqishni tavsiya qildim.

Aksiyaning ikkinchi qismida yosh kitobxonlar Qarshi shahridagi "Muruvvat" nogiron bolalar uchun internat uyida bo‘lib, bu yerda tarbiyalanayotgan bolalar hayoti bilan yaqindan tanishishdi va ularga sovg‘a-salomlar ulashishdi.

X.QILICHEVA

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!