Меню

Қашқадарё

27.05.2017 1487

FRANKOFON ASHULA VA TEATR FESTIVALIDA

Qayd etish joizki, mazkur festival chet tili, xususan, fransuz tilini o‘rganayotgan yoshlarning sahnadagi iqtidorini ro‘yobga chiqarish orqali ularning til o‘rganishga bo‘lgan rag‘batini qo‘llab-quvvatlash, jahon san’atining yuksak namunalarini yosh o‘g‘il-qizlar orasida ommalashtirish kabi ezgu maqsadlarni ko‘zlaydi.

Festivalda yoshlar chiqishlarini Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi til bo‘yicha hamkorlik attashesi Frederik Viyom, taniqli rassom Inna Sandler hamda Yoshlar teatri aktyori va rejissori Obid Abdurahmonov baholab borishdi.

E’tiborlisi, g‘oliblar orasida viloyatimiz vakillari ham bor. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi “Nuriston” akademik litseyi o‘quvchisi Iqbol Hayitova litsey-kollej o‘quvchilari orasida eng yaxshi aktrisa deb topilgan bo‘lsa, talabalar orasida Qarshi davlat universiteti talabasi Malika Murodova chiqishlari yuqori baholandi.

Shuningdek, festivalda, Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Edith Piaf” (“La Mome”) asari “Eng yaxshi ijro” nominatsiyasiga munosib ko‘rildi.

G‘oliblar maxsus sovrin va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

N.XO‘JAYEV

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!