Меню
Қашқадарё
FINAL ISHTIROKCHILARI SARALANDI
- Og‘ir atletika sport turi viloyatimizda keng ommalashib bormoqda, - deydi mazkur sport turi bo‘yicha viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Toir Parmonov.
- Buni maktab o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilgi saralash bahslari kuchli raqobat muhitida o‘tayotganidan ham bilish mumkin. Musobaqaning viloyat bosqichida 100 nafar sportchi o‘quvchi ishtirok etdi.
- 48 kilogramm vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqich uchun yo‘llanmaga ega bo‘ldim, - deydi yosh sportchi Sabina G‘aniva. - Endi finalga astoydil tayyorlanib, viloyatimiz sha’nini munosib himoya qilmoqchiman. Kelgusida xalqaro musobaqalarda ishtirok etish, olimpiada chempioni bo‘lish - asosiy maqsadlarimdan biri.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda o‘z vazn toifasi bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan sportchilar saralab olindi.
Orzumurod HUSAINOV