Меню

Қашқадарё

18.06.2016 1441

FAOL, TASHABBUSKOR, BILIMDON

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi viloyat  kengashi "Ayollar qanoti" tashabbusi bilan xotin-qizlarning yetakchilik fazilatlarini aniqlash, siyosiy, huquqiy va ma’naviy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish  maqsadida tashkil etilgan ushbu ko‘rik-tanlovda tanlovning shahar va tumanlar bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar uchta shart, ya’ni o‘zini tanishtirish mahorati, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy savodxonlik darajasi va partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini tushuntirish shartlari bo‘yicha bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazishdi.

- Bugun ro‘zg‘or tebratishdan tortib, davlat va jamiyat qurilishi, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sport sohalari rivojini xotin-qizlar ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, - deydi O‘zMTDP Kitob tuman kengashi Ijroiya  qo‘mitasi raisi Gulandon Sattorova. - Ularning siyosiy sohadagi faolligi siyosiy partiyalar faoliyatida ham namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimiz xotin-qizlarining huquqiy, siyosiy madaniyatini yuksaltirish, ular orasidan iste’dodlilarini tanlab olish, har sohada ayollarning faolligini oshirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan mazkur ko‘rik-tanlovning ishtirokchilari safi yildan-yilga kengayib borayotgani ham fikrimiz dalilidir.

Qizg‘in bahs-munozaralar asosida o‘tgan ushbu ko‘rik-tanlovda partiya faoli, Mirishkor tumanidagi 1-maktabning "Kamolot" yetakchisi Gulhayo Nasrullayeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tanlov g‘oliblari partiya viloyat Kengashining diplom va  qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Shahnoza  QAHHORZODA

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!