Меню

Қашқадарё

19.06.2018 906

EZGULIK VA SHUKRONADAN MUNAVVAR DILLAR

Masjidlarda erta tongda ado etilgan Hayit namoziga kelganlar bir-birlarini bayram bilan samimiy qutladilar. Bu dorilomon kunlarga yetkazganiga shukrona keltirishib, Yaratgandan yurtimiz tinch va bundan-da farovon bo‘lishini tilashdi.

- Joriy yilgi Ramazon oyi o‘zgacha shukuh, tarovat bilan o‘tganini alohida qayd etish joiz, - deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo Usmonov. - Masjidlarimiz taroveh namozi, Qur’oni karim qiroatlari bilan munavvar bo‘ldi. Ana shunday fayzu futuhga to‘la o‘tgan Ramazon oyi xotimasi bo‘lmish Iydi Ramazonni ham o‘zgacha shukuh bilan bayram qildik. Binobarin, Yurtboshimizning O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigida qayd etilganidek, bu bayram oila, mahalla va jamiyat ahliga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgani bilan jamiki musulmon olami uchun qadrlidir.

Darhaqiqat, ushbu tabarruk ayyom arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bir guruh shaxslar Prezidentning tegishli farmoniga asosan afv etilgani, mehribonlik, muruvvat va saxovat uylarida istiqomat qilayotganlar, yordamga muhtoj nogironligi bor kishilar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilgani ham hayit bayrami mazmun-mohiyatiga to‘la mos bo‘lib, xalqimizning kechirimlilik bag‘rikenglik, mehr-shafqatlilik kabi fazilatlarini yana bir bor o‘zida yaqqol ifodaladi.

Shohista BOZOROVA

 

Sobir NARZIYEV olgan surat.

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!