Меню

Қашқадарё

15.09.2016 1750

ERTANGI KUN BIZNIKI, MARRA BIZNIKI!

Shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, taniqli xonandalar, fan arboblari ishtirok etgan uchrashuvlarda yurtimizda istiqlol yillarida turli sohalarda erishilgan yutuqlar, bunyodkorlik ishlari, tinchlik va barqarorlikni saqlash, milliy armiyamizning qudrati va salohiyati, eng muhimi, barcha olamshumul yutuq va natijalar mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi va faoliyati bilan uzviy bog‘liqligi atroflicha tushuntirib, tahlil qilindi.

80-yillarning so‘ngida respublikamiz fuqarolar urushi, qon to‘kish, millatlar va konfessiyalararo mojarolar yoqasida turgan bir paytda, voqealarning xuddi shunday rivoji qo‘shni mamlakatlarda  kuzatilgan o‘ta og‘ir davrda aynan Islom Karimovning voqealarni oldindan ko‘ra bilish qobiliyati, kuchli irodasi va qat’iyati bilan xalqimiz va mamlakatimiz shunday achinarli qismatdan saqlab qolingani, o‘z tanlagan mustaqil taraqqiyot yo‘lidan dadil va og‘ishmay qadam tashlab kelayotgani misollar yordamida tushuntirib berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ma’ruzalarida ta’kidlab o‘tilgan masalalardan kelib chiqadigan “Ogohlik va hushyorlik – tinch va osoyishta hayotning asosiy sharti”, “Tinchlik uchun har birimiz mas’ulmiz”, “Vatanim taraqqiyotiga mening hissam”, “Marra bizniki, kelajak bizniki” kabi mavzularda suhbatlar, filmlar namoyishi va uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirning yakuniy bosqichi Mullato‘ychi Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tdi.

Unda bugungi kunda dunyoning turli davlatlarida yuz berayotgan notinchliklar, diniy ekstremistik oqimlar va ular tomonidan amalga oshirilayotgan xunrezliklarning ortida turgan kuchlar hamda ularning g‘arazli maqsadlarini ochib berish, yoshlarda mafkuraviy immunitetni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Xonandalar ishtirokida Vatanni, istiqlolni, tinch-osoyishta kunlar shukronasini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Eng muhimi, yoshlarimiz qalbida bu uchrashuvlar o‘chmas iz qoldirdi: ertaga yuksak marralarni egallash uchun har tomonlama chuqur bilim olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan farzand bo‘lib voyaga yetish zarur. Bu ozod va obod yurtimizda kamol topayotgan har bir o‘g‘il-qizning yuksak orzusi, birlamchi maqsadi, desak mubolag‘a emas.

N.XO‘JAYEV

Suratda: tadbirdan lavha.

Sobir NARZIYEV olgan surat.

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!