Меню

Қашқадарё

21.04.2016 2022

EPCHIL VA BILIMLILAR SARALANDI

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash, o‘quvchi-yoshlarning chegara qo‘shinlari saflarida xizmatni o‘tashi, harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirishi uchun ruhan va jismonan tayyorlash, ular o‘rtasida Vatanga muhabbatni, harbiy vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda viloyatning chegaraoldi hududlarida tashkil etilgan “Yosh chegarachilar” klublari a’zolaridan iborat 6 ta jamoa ishtirok etdi.

Tanlov davomida ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tayyorgarlik darajasi aniqlandi. Shuningdek, birinchi tibbiy yordam, tarix, chet tillariga oid bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, Kitob tumanidagi 3-akademik litseyning “Qalqon” jamoasi 1-o‘rinni va musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Nishon maishiy xizmat ko‘rsatish kollejining “Yosh harbiylar” jamoasi 2-, Shahrisabz agrosanoat kollejining “Burgut” jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

 G‘olib jamoalar va musobaqada faol ishtirok etgan qatnashchilarga maxsus diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zamira RO‘ZIYEVA.

 

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!