Меню
Қашқадарё
EL NAZARI – ULKAN MAS’ULIYAT
Shuningdek, saylovchilarning fikri inobatga olingan holda tegishli komissiyaga taqdim etish uchun yig‘in raisi va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.
Qarshi shahridagi Darvozatutak mahallasidagi Nasaf va Qo‘shxona ko‘chalarida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda aholiga saylov qonunchiligi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar xususida atroflicha tushuncha berildi.
- Mahalladagi 13 ta ko‘chada yig‘ilish o‘tkazilib, fuqarolar yig‘iniga 44 nafar vakil saylandi, - deydi ishchi guruhi rahbari Obidjon Eshonqulov. - Yig‘ilishlarda faqat vakillar saylash bilan chegaralanmay, aholi soha qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan ham yaqindan tanishtirildi. Shuning barobarida fuqarolarning nomzodlar bo‘yicha fikrlari ham o‘rganildi.
Ana shunday yig‘ilishlar barcha mahallalarda bo‘lib o‘tmoqda.
SH.BOZOROVA.