Меню
Қашқадарё
EKSPORT GEOGRAFIYASI KENGAYADI
Aytish joizki, ushbu nufuzli forum mamlakatimizda nafaqat sifatli paxta tolasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yanada yaxshilangani, balki zamonaviy texnologiyalar asosida uni chuqur qayta ishlash sanoati ham izchil rivojlanayotgani, bu boradagi salohiyat muntazam yuksalib borayotganini yaqqol ko‘rsatib berdi. Mazkur yarmarkada viloyatimizdan ham bir qator tekstil korxonalari vakillari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etib, eksport qilish bo‘yicha katta hajmdagi manfaatli kelishuvlarni tuzib qaytdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yarmarkada Xitoy, Rossiya va Bangladesh mamlakatlari ishbilarmonlari viloyatimizdagi tekstil korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlariga xaridor bo‘lgan. Chet ellik hamkorlar yarmarka qatnashchisi - Shahrisabz tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Oqsaroy tekstil” MCHJdan ip kalava sotib olish istagini bildirgan va tomonlar bu bo‘yicha shartnomalar imzolagan.
“Oqsaroy tekstil” MCHJ mas’ullarining ma’lum qilishicha, joriy yilning 9 oyida korxonada 5266 tonna paxta tolasi qayta ishlanib, 4219 tonna ip kalava tayyorlashga erishilgan. Tegishli davrda Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Bosniya va Gersegovina kabi mamlakatlarga 8 million 476 ming dollarlik ip kalava eksport qilingan. Yarmarkada imzolangan bitimlar mahsulot eksporti salmog‘i ortishi, geografiyasi yanada kengayishiga sharoit hozirlashi shubhasiz.
M.JO‘RAYEV
Suratlarda: “Oqsaroy tekstil” MCHJ faoliyatidan lavhalar.
Sobir Narziyev olgan suratlar.