Меню
Қашқадарё
DEPUTAT, MAS’ULIYAT VA NAZORAT
Yig‘ilishda partiyaning “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi, partiya viloyat kengashining 2016-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi rejalari, asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, partiya ishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham atroflicha tahlil etildi. Ayrim hududiy partiya tashkilotlari faollari va partiya guruhlari elektorat manfaatlarini himoya qilish va deputatlik nazoratini amalga oshirishda yanada faol bo‘lishga chaqirildi. Ularga tegishli tavsiyalar berildi, aniq chora-tadbirlar belgilandi.
- Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, har bir deputat qaysi partiyaga a’zo bo‘lishidan qat’i nazar xalq oldida javob berishi kerak, - dedi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Sayfulla Mahmatmo‘minov. – Shu ma’noda hududlardagi dolzarb masalalar yuzasidan tuman, shahar hamda viloyat kengashlari sessiyalariga muqobil takliflar bilan chiqish partiya deputatlarining asosiy vazifalaridan sanaladi. E’tiborlisi, joriy yilning 6 oyi mobaynida turli tashkilotlarga 60 dan ziyod deputatlik so‘rovi bilan chiqildi. Ularning aksariyati ijobiy hal etildi. Doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga 14 ta taklif hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga 6 ta masala kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishildi.
Plenum yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar aytildi.
SH.QAHHORZODA