Меню
Қашқадарё
DALOLATNOMA ISH BERMADI
Gap shundaki, 2013-yil dekabr oyida “Qarshishahargaz” filiali nazoratchilari tomonidan unga nisbatan jarima qo‘llash to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan va umumiy qiymati 508 ming 25 so‘m tabiiy gazdan qarzdorlik hisoblangan.
Biroq iste’molchi ushbu holatdan norozi bo‘lib, o‘z huquqini himoya qilishga kirishdi. Mazkur masala atroflicha o‘rganilganda haqiqatan ham Ibragim Iskandarovning xonadoniga nisbatan tuzilgan dalolatnoma qonuniy kuchga ega emasligi aniqlandi. Natijada “Qarshishahargaz” filialining Ibragim Iskandarov xonadoniga nisbatan hisoblagan 508 ming 25 so‘m qarzdorligi bekor qilindi.
Xuddi shunday, Gulsara Eshboyeva xonadonida ham asossiz qarzdorlik sabab gaz yetkazib beruvchi korxona va foydalanuvchi o‘rtasida nizo kelib chiqqan.
Iste’molchining murojaatida aytilishicha, uning xonadoniga nisbatan 2014-yil yanvar oyida 508 ming 25 so‘m, aprel oyida esa 737 ming 631 so‘m, jami 1 million 245 ming 656 so‘m qarzdorlik ko‘rsatilgan va bu to‘g‘rida dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Tuzilgan dalolatnomalardan esa fuqaroning xabari bo‘lmagan.
O‘rganishlar natijasida “Qarshishahargaz” filialining iste’molchiga nisbatan dalolatnoma tuzishda xatolikka yo‘l qo‘yganligi aniqlandi va qarzdorlik asossizligi bois Gulsara Eshboyeva manfaatini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi. Sud “Qarshishahargaz” filiali tomonidan tuzilgan dalolatnomani haqiqiy emas deb topdi va ta’minotchi zimmasiga hisoblangan jami 1 million 245 ming 656 so‘m qarzdorlikni fuqaro hisobidan chiqarish majburiyatini yukladi.
Qorjov JO‘RAYEV, Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati raisi.