Меню
Қашқадарё
BIZ, BARCHAMIZ – ISTE’MOLCHIMIZ
Unda partiya a’zolari, viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi hamda boshqa qator nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning samarali tizimi yaratilgani va bu mahsulot hamda xizmatlar sifatini yaxshilash borasida sezilarli natijalar berayotgani qayd etildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, o‘tgan yili viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi, shahar hamda tuman jamiyatlariga iste’molchilardan 1213 ta, shu jumladan, ishonch telefoni orqali 194 ta ariza va shikoyat kelib tushgan. Mazkur murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilishi natijasida 259 million 680 ming 700 so‘m moddiy hamda ma’naviy zarar qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchilar foydasiga undirilishi ta’minlangan. Murojaatlarning 413 tasi tabiiy gaz, 405 tasi elektr energiyasi ta’minoti, 189 tasi savdo faoliyatiga oid. O‘tgan yili iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida 82 ta holatda fuqarolik sudlariga da’vo arizalari kiritilgan.
Tadbirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlari ijrosi va bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan ham fikrlashildi.
Davra suhbati savol-javob tarzida o‘tdi.
Muzaffar TUROPOV,
O‘zbekiston XDP viloyat kengashi raisi o‘rinbosari.