Меню
Қашқадарё
BEKZOD VA FERUZADA OLTIN
"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi hamda boshqa bir qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda 9-marta o‘tkazilayotgan mazkur musobaqaning hal qiluvchi bosqichida mamlakatimizning barcha hududlaridan 8 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 140 nafar shaxmatchi bahs olib bordi.
E’tiborlisi, viloyatimiz vakillaridan 2 nafari o‘z yosh toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xususan, Bekzod Husanov 19 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida zafar quchgan bo‘lsa, 11 yoshli Feruza Qurbonova esa tengqurlariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
- Qizim Feruzaning muvaffaqiyatidan xursandman, - deydi Yorqinoy Azizova. - Qizimning har bir ishtirokini kuzatib bordim. Yashirmayman, rosa hayajonlandim. Yakunda Feruza 7 turdan 5,5 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandi.
M.SHUHRATOV.