Меню
Қашқадарё
AMIR TEMUR KUBOGI - VAKILLARIMIZDA
- Qashqadaryoda Amir Temur kubogi turniri beshinchi bor o‘tkazildi, - deydi musobaqa bosh hakami Iqbol Umarov. – Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 250 dan oshiq 8 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra g‘oliblar 56 vazn toifasida aniqlandi. Shuningdek, sportchilar “Vatan” va “Pahlavon Mahmud” kompleks mashqlarida ham mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Turnirda munosib ishtirok etgan viloyatimiz jamoasi a’zolari jami 15 ta oltin, 22 ta kumush va 28 ta bronza medalini jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, samarqandlik o‘zbek jang san’ati ustalari umumiy hisobda ikkinchi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari vakillari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga maxsus diplom va medallar topshirildi.
Uz muxbirimiz