Меню

Қашқадарё

04.03.2017 1898

ADVOKATLIK OSONMI?

Premyerani taniqli aktyorlar - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Gavhar Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Farhod Abdullayev va Lola Eltoyeva ham kuzatib borishdi.

- Ushbu spektakl ssenariysi buyuk ma’rifatparvar yozuvchi, o‘zbek teatr san’ati poydevorini qo‘ygan insonlardan biri Abdulla Avloniy qalamiga mansub, - deydi O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Gavhar Zokirova. – Yosh rejissor Asqar Xolmo‘minov mana shunday ulug‘ bir asarga murojaat etishga jur’at qilib, uni mukammal tarzda sahnalashtira olgan. Bu rejissor va aktyorlarning mahoratidan darak beradi.

Komediya janridagi ushbu spektaklda tegishli davrda yashagan insonlarning o‘z haq-huquqlarini bilmasligi, ilmi, xat-savodi yo‘qligi sababli o‘z huquqini teran anglay olmasligi jamiyat illati sifatida yumorga olinadi. Rejissor asar mazmuniga yangicha ruh berib, bugungi kun kishilarining badiiy obrazi orqali timsollar yaratishga harakat qilgan.

Spektaklda rollarni Mullato‘ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatri aktyor va aktrisalari mahorat bilan ijro etishgan.

J.BOYMURODOV

Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!